«Bu yil qishda xalqimiz sezadi nima ishlar qilayotganimizni» — Shavkat Mirziyoyev
Tadbirkorlar bilan uchrashuvda davlat rahbari energetika sohasida qilinayotgan ishlarni aholi qishda sezishini ta’kidladi.
«Bir narsani to‘g‘ri tushunishimiz zarur. Biz ayrim mamlakatlar kabi neft-gaz resurslarini sotish hisobiga yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlay olmaymiz. Shuni hammamiz bilishimiz kerak. Bizda bunaqa resurslar yo‘q. Bori ham o‘zimizga kerak. Xalqimiz ko‘payapti, chetga sota olmaymiz.
Bu borada ko‘p ishlar qilyapmiz. Xudo xohlasa bu yil qishda xalqimiz sezadi nima ishlar qilayotganimizni», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, neftimiz ham, gazimiz ham bu – tadbirkorlar xom ashyodan yaratayotgan yuqori qiymatli va sifatli mahsulotlar ekanini alohida urg‘uladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida mamlakatizda bir necha kun davom etgan anomal sovuq vaqtida energetika tizimi jiddiy muammolarga uchragan, ayniqsa, Toshkent shahridagi bir qancha ko‘pqavatli uylar qattiq sovuq sharoitida kunlab gaz, elektr va issiqlik ta’minotidan uzilib qolgandi.
«Men sovuqdan qiynalayotgan har bir oila, har bir insonning kayfiyatini, hissiyotini chuqur tashvish va iztirob bilan yuragimdan o‘tkazayapman» , - degandi o‘shanda davlatimiz rahbari.
O‘sha yig‘ilishda bir qator rahbarlar, jumladan Jahongir Ortiqxo‘jayev lavozimidan olingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter