Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi

Bugun ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi

Foto: Xabar.uz

Bugun kunduz kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 17-22° bo‘ladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-22° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baland tog‘li (2000 m dan baland) hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18° bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring