Bugun O‘zbekistonda havo harorati yanada ko‘tariladi
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, bugun O‘zbekiston hududida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi, cho‘l hududlarida esa shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Havo harorati 36–41 daraja, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida 42–43 darajagacha ko‘tariladi.
Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat 37–39 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7–12 m/s tezlikda shamol esadi. Havo harorati 28–33 daraja bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter