Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi

Bugun respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi

Foto: Xabar.uz

Bugun, 6 fevral kunduz kuni O‘zbekiston hududiga Turkmanistondan iliq havo kirib kelishi davom etadi. Shimoliy hududlarga Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo kirib kelishi boshlanadi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 4-9° iliqqacha, shimolda 0-5° iliqqacha pasayadi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-7° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring