Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro shahriga yangi hokim tayinlandi

Buxoro shahriga yangi hokim tayinlandi

Shu kunlarda Buxoroda hokimlar tayinlanishida o‘zgarishlar keskin oshayotganini kuzatish mumkin.

Joriy yilning 4-mart kuni Buxoro viloyati Buxoro shahar hokimligida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, Karim Kamolov viloyat hokimi vazifasini bajargunga qadar Buxoro shahar hokimi lavozimida ishlagan edi.

O‘tkir Jumayev.

Kengash yig‘ilishida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. 2019 yildan shu paytga qadar Buxoro shahar hokimi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan Jumayev O‘tkir Hikmatovich endi Buxoro shahar hokimi lavozimiga tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring