Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SSV tizimidagi korrupsiyaga qarshi kurashuvchi bo‘linmaga yangi rahbar tayinlandi

SSV tizimidagi korrupsiyaga qarshi kurashuvchi bo‘linmaga yangi rahbar tayinlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Mamanov Sardorjon Sobir o‘g‘li Sog‘liqni saqlash vazirligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

S.Mamanov 2018-yil Toshkent davlat yuridik universiteti, 2020-yil Bosh prokuratura akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Bosh prokuratura va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida turli lavozimlarda ishlagan.

S.Mamanov tayinlovga qadar ushbu agentlikning Korrupsiyaning oldini olish va «komplayens-nazorat» tizimini joriy etish boshqarmasi bosh inspektori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu tayinlov Prezidentning 2025-yil 21-apreldagi qarori asosida amalga oshirildi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring