Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi rahbari o‘zgardi

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi rahbari o‘zgardi

O‘zbekiston prezidentining 18-noyabrdagi farmoyishi bilan Buxoro viloyati bojxona boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.

Bunga qadar Bahodir Qutlimuratov Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat olib borgan.

Bahodir Qutlimuratov 1983-yil 4-aprelda tug‘ilgan. 2015-2017-yillarda Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2017-2020-yillarda Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimlari faoliyat olib borgan.

Ayni paytga qadar Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Salimov Doniyor Bahriddinovich esa bojxona institutining moliya-iqtisod va xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring