Buxoroda ikki hokim jazoga tortildi
Buxoro viloyatida Jondor tumani xokimi Hikmatov San’atillo Nusratovich va Kogon tumani xokimi Esanov Muhitdin Turdiyevichga hayfsan jazosi qo‘llanildi.
Bunga sabab sifatida tadbirkorlar, aholi xonadonlari va ijtimoiy ob’yektlarda kichik quyosh panellari o‘rnatish bo‘yicha belgilangan vazifalarni qoniqarsiz tashkil etgani keltirilgan.
Ta’kidlash joizki, prezident Shavkat Mirziyoyev 11-may kuni o‘tkazgan yig‘ilishida tadbirkorlar, aholi xonadonlari va ijtimoiy ob’yektlarda kichik quyosh panellari o‘rnatish bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarishda joylardagi mutasaddilar tomonidan oqsoqlikka yo‘l qo‘yilayotganini tanqid qilgandi.
Unda elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida ijtimoiy soha va davlat idoralarida quyosh panellari o‘rnatish bo‘yicha Samarqand, Jizzax, Buxoro viloyatlari yaxshi natija ko‘rsatayotgan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy viloyatlari ancha orqada ekani aytilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter