Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda jamoat transportiga ruxsat berilmoqda

Buxoroda jamoat transportiga ruxsat berilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

Buxoro viloyatidagi «sariq» va «yashil» toifasidagi hududlarda jamoat transporti (Damas va mikroavtobuslardan tashqari shahar va shahar atrofi yo‘nalishlari bo‘yicha avtobuslar) harakatiga ruxsat berilmoqda.
 
Ruxsat berilgan transportlarga karantin talablariga qat’iy rioya etish belgilanadi. Jumladan, avtokorxona tomonidan transport vositasini har bir qatnov oldidan va oxirgi bekatda, shuningdek, avtoshohbekatlarda to‘liq dezinfeksiya qilish, haydovchilarni tibbiy niqob va qo‘lqoplar bilan ta’minlash hamda ularning muntazam ravishda o‘z vaqtida almashtirib borish choralari ko‘riladi. Shuningdek, avtobus saloniga faqatgina tibbiy niqobdagi yo‘lovchilar kiritiladi. 
 
Hozirda «qizil» toifadagi hudud hisoblangan Vobkent, G‘ijduvon va Shofirkon tumanlari bilan bog‘liq yo‘nalishlar harakatiga ruxsat berilmagan.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring