Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda o‘ziga xos yangi yer osti yo‘li ishga tushirildi (foto)

Buxoroda o‘ziga xos yangi yer osti yo‘li ishga tushirildi (foto)

Foto: Xabar.uz

Buxoroda injiq tabiiy sharoitga qaramasdan, yer osti yo‘li qurilayotgani xususida xabar berilgan edi.

Buxoro viloyati hokimi axborot xizmati rahbari Olim Jo‘rayev «Xabar.uz»ga kuni kecha ushbu yerosti yo‘li foydalanishga topshirilganini ma’lum qildi.

Xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan «Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi» avtomobil yo‘lining 272-kilometrida Tibbiyot shaharchasi, «Karvon» buyum bozori hamda bosh bekatlar borligi hamda piyodalar oqimining juda ham serqatnovligi, qolaversa, atez-tez kuzatilayotgan avtoavariyalarning sodir bo‘layotganini inobatga olgan holda piyodalar yer osti o‘tish yo‘li qurilgan.  

Mazkur yer osti o‘tish yo‘li qurilishi «Buxoro yo‘llardan muntazam foydalanish» unitar korxonasi tomonidan qurib foydalanishga topshirilgan inshoot uzunligi 32 metr, kengligi 4,5 metr, balandligi 2,5 metrdan iboratligi qayd etilgan.

Yer osti yo‘li kechayu-kunduz yorug‘lik bilan ta’minlanadi.

«Xalqaro ahamiyatga molik yo‘l bo‘lgani bois, Toshkent shahriga jo‘nab ketish uchun tungi soat 02:00 da avtoshohbekatga yerosti yo‘li orqali o‘tdik. Ham tarix, ham bugungi davr mujassam yerosti devorlarida Buxoroning qadimiy obidalari ramzi tushirilgan yorug‘liq qaytaruvchi kartinalarini ko‘rib, xursand bo‘ldik»,-deydi fuqaro Nigina Madaminova.

Inshootning ochilishida qatnashgan viloyat hokimi Botir Zaripovning bildirishicha, yer osti yo‘li qurilishi natijasida tirbandlik bartaraf etilgan. Yo‘l-transport hodisalarining oldi olinib, piyodalarning xavfsiz harakatlanishi ta’minlangan. Inshootni qurishda tuproqdagi zaxlik va yuqori darajadagi namlik ta’sirini yo‘qotishga katta e’tibor qaratilib, drenaj tarmoqlari o‘rnatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring