Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda tog‘asining uyiga «tushgan» jiyanga jazo tayinlandi

Buxoroda tog‘asining uyiga «tushgan» jiyanga jazo tayinlandi

Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanilik 21 yoshli U.Sh. tog‘asi X.A.ning uyida o‘g‘rilik jinoyat sodir etib, o‘g‘irlangan pullarni o‘zi yashab kelayotgan hovlining molxonasiga ko‘mib qo‘ygan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumani sudi raisi Boborahim Ochilovning «Xabar.uz»ga bildirishicha, o‘g‘rilik kechki payt sodir etilgan. Tog‘asiga tegishli bo‘lgan pullarni uning uyining qayerida saqlanishini bilgani uchun ham o‘g‘riligidan «iz» qoldirmagan. Va tog‘asining uyidan chiqiboq, yashirin ravishda olgan jami 6 800 000 so‘m pullarining ma’lum qismini qarzlarini «yopish»ga sarflab yuborgan.

Bir necha soat vaqt o‘tgach, X.A. xonadoniga qaytgan va o‘g‘rilik yuzaga kelganini xayoliga ham keltirmagan. Oradan bir necha kundan keyin X.A. onasidan Rossiya federatsiyasiga ishga jo‘nab ketish uchun 5 bosh qo‘ylarini sotib, salkam 7 million so‘mga yaqin pullarni uyining ichki xonasidagi javonga qo‘yganini, shu pullarni olib chiqib berishini so‘ragan. X.A.ning onasi esa birozdan so‘ng o‘g‘liga javonda hech qanday pul yo‘qligini, javon tartibsiz yotganini aytgan. Ona va o‘g‘il mehnat qilib topgan barcha pullari o‘marib ketilganiga guvoh bo‘lishgan. O‘g‘rining shaxsi kim ekanini bilishmagan va bu haqda ichki ishlar organlariga murojaat qilishgan.

- Afsuski, uyimizni “urgan” o‘z jiyanim bo‘lib chiqdi,-degan X.A.

Ma’lum bo‘lishicha, U.Sh. tog‘asining uyidan o‘g‘irlab olgan pullarini o‘zi yashab kelayotgan hovlining molxonasiga ko‘mib qo‘ygan. Bundan ota-onasining xabari bo‘lmagan.

- U.Sh.ga jinoyat ishi bo‘yicha yetkazilgan zararlarning to‘liq qoplanganligi hamda jabrlanuvchining sudlanuvchiga nisbatan da’vosi yo‘qligi inobatga olinib, unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan  2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi,-deydi sud raisi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring