Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda xotinini kiyimlarini yoqqan erkak 5 «cutka» oldi

Buxoroda xotinini kiyimlarini yoqqan erkak 5 «cutka» oldi

«O‘g‘ri bo‘l, g‘ar bo‘l, notavon bo‘lma ekan. Turmush tashvishlari bilan ojizalar kuchli bo‘lib borayotganiyu ayrim erkaklarning ojizlanib borayotganidan afsuslanasan, odam. O‘z ayolining kiyim-kechagini yoqqan erkakning beo‘xshov va bachkana xatti-harakati qishlog‘imiz erkaklari oriyatiga tegdi, uning qilig‘ini oqlamaymiz», -mahalla faolining ochiq sayyor sud majlisidagi munosabatiga mahallaning ko‘plab erkaklari taraf bo‘lishdi.

Holatga ko‘ra, hech qayerda ishlamaydigan Qorako‘l tumanilik fuqaro M.G‘. spirtli ichimliklar iste’mol qilishga rujo‘ qo‘ygan. Ro‘zg‘or tortishni ham uddalay olmay kelgan bu shaxs turmush o‘rtog‘i bilan doimiy janjallashib, unga zo‘ravonlik qilib kelgan.

Shunday janjallarning birida xonadoniga mast holatda kirib kelgan erkak butun mahallani boshiga ko‘targan ko‘yi turmush o‘rtog‘ini nojo‘ya so‘zlar bilan haqoratlab,  qo‘ni-qo‘shnilarning tinchligi va osoyishtaligini buzgan.  Turmush zarbalaridan charchagan ayol «ota uyi»ga ketishini aytgan. Shunda M.G‘. ayolining uyiga ketmasligi uchun zo‘rlik ishlatib, qo‘rqitib, unga tegishli bo‘lgan barcha kiyim va buyumlarni yoqib yuborgan. Qo‘ni-qo‘shnilar yetib kelib, ichki ishlar organlariga xabar berishgan. Biroq, M.G‘. voqea joyiga yetib kelgan IIB xodimlarining ham qonuniy  talablariga bo‘ysinmay, jamoat tartibini buzgan. Bezorilik huquqbuzarligini ham sodir qilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tuman sudi raisi Boborahim Ochilovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli qismlari bilan  ayblangan M.G‘.ga 5 «sutka» qamoq jazosi berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring