Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorodagi portlashda jabrlanganlarning biri og‘ir ahvolda qolmoqda

Buxorodagi portlashda jabrlanganlarning biri og‘ir ahvolda qolmoqda

4-fevral kuni Buxoro shahri Islom Karimov ko‘chasi yo‘l yoqasida bunyod etilayotgan ko‘p qavatli uyda portlash yuzaga kelgan edi.

Favqulodda holat yuzaga kelganda ko‘p qavatli uyda bo‘lgan 3 nafar, portlash jarayonida yo‘ldan transport vositalarida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 9 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olishgan. Ular zudlik bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialiga olib kelingan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi jabrlanuvchilarning holati bo‘yicha ma’lumot berdi.

Portlashdan jabrlangan 12 nafar bemordan 5 nafari filialning neyroreanimatsiya bo‘limiga «Miyaning yopiq shikastlanishi va miya chayqalishi» tashxisi bilan yotqizildi. Ahvoli o‘rta og‘irlikda. 2 nafar bemor umumiy reanimatsiya bo‘limiga joylashtirilgan. Ularning bir nafarining yuz va qo‘llarida 35 foiz kuyish aniqlangan, ahvoli nisbatan og‘irroq. Ikkinchi bemorda ko‘krak qafasining yopiq shikastlanishi kuzatilgan, uning ahvoli qoniqarli.

Qolgan besh nafar bemorga ambulator yordam ko‘rsatilgan. Ularda situatsion nevroz (qattiq qo‘rqish) tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, zarur muolajalar amalga oshirilgach, uylariga javob berilgan.

Bugun neyroreanimatsiya bo‘limidagi bemorlardan biriga ahvoli yaxshilanganligi uchun javob berilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring