Chegara postida xorij fuqarosi qo‘lga olindi. Nega?

Buxorodagi chegara postlardan biridan psixotrop dori vositalari o‘tkazmoqchi bo‘lgan xorijlik fuqaro qo‘lga olingan.
Bu haqda Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, «Olot» chegara bojxona posti orqali kirib kelgan xorijlik fuqaro R.J.ning xatti-harakati bojxona xizmatchilarini shubhaga solgan. Bojxona videonazoratidan o‘tkazilayotgan vaqtda R.J.ga tegishli mashinasining orqa salon qismida dumaloq shaklida bo‘lgan ko‘plab vositalar tasviri ko‘ringan. Holat o‘rganilganda, dumaloq shakldagi vositalar jami 77 dona kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop dorilar ekani aniqlangan.
«Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tezkor vakillari kuchli ta’sir qiluvchi ushbu dori vositalarini O‘zbekiston hududiga olib kirishga bo‘lgan urinishlarga chek qo‘ydi. Hozirda ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida saqlovga olingan bo‘lib, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda»,-deydi boshqarma axborot xizmati rahbari Durdona Qayumova.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter