Chet elda qiyin ahvolda qolgan muhojirlarni qo‘llab-quvvatlovchi jamg‘arma tuzildi
Xorijda qiyin ahvolda qolgan mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga ko‘ra, jamg‘arma mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hamda qonun bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan shakllantiriladi.
Jamg‘arma xorijda qiyin ahvolda qolgan mehnat migrantlariga quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:
▪️Xorijda mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qilish;
▪️Vatanga qaytarish uchun avia yoki temir yo‘l chiptalari haqini to‘lash;
▪️Vafot etgan shaxs jasadini urf-odatlarga ko‘ra tayyorlashda 1000 dollargacha xizmat haqini va O‘zbekistonga olib kelish uchun chipta haqini to‘lash.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter