Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilonzorda mashinalarning oynalarini sindirib ketgan shaxs qo‘lga olindi

Chilonzorda mashinalarning oynalarini sindirib ketgan shaxs qo‘lga olindi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Kecha, 22 dekabr kuni Toshkentning Chilonzor tumanida bir nechta avtomashinaning oynasi sindirib ketilgani haqida xabar bergandik. Oynasi sindirilgan mashinalardagi ayrim buyumlar yo‘qolgandi.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-tergov tadbirlari natijasida mashinalarning oynasini sindirgan shaxsning kimligi aniqlandi.

U voyaga yetmagan (2005 yilda tug‘ilgan) M.B. bo‘lib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda yonidan avtomashinadan o‘g‘irlangan soat va pichoq topilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring