Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilonzorda o‘g‘rilar tunda uylarga kirayotgani haqida xabar tarqaldi

Chilonzorda o‘g‘rilar tunda uylarga kirayotgani haqida xabar tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Chilonzor tumanida o‘g‘rilar paydo bo‘lganligi, ular aholi uxlayotgan vaqtda xonadonlarni eshikni ochishayotganligi haqida xabarlar e’lon qilingan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati mazkur xabarlar asosli ekanini rad etdi. 

Aniqlanishicha, ushbu xabarda ko‘rsatilgan holatlar muqaddam ichki ishlar organlari tomonidan mazkur hududlardagi videokameralarda qayd qilingan yozuvlar, ulardagi shaxslarni aniqlagan holda o‘rganilgan.

«O‘rganish natijasiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqda bu borada e’lon qilingan xabarlar o‘z tasdig‘ini topmagan.

Shu bois, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan har xil haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan feyk xabarlarni tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz», deyiladi mahkama matbuot xizmati xabarida.

Holat Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring