Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunlari havo haroratining pasayishi kutilmoqda

Dam olish kunlari havo haroratining pasayishi kutilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan iliq havo massalari kirib kelishi davom etadi. Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechalari 7-12° iliqni tashkil etadi, kunduz kunlari 21-26° iliqgacha isiydi. Ushbu harorat shu kunlarning ko‘p yillik qiymatlaridan 2-3° ga yuqori bo‘ladi.

Kavkaz hududlaridan salqin havo massalari kirib kelishi natijasida yakshanba kuni haroratning pasayishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 7-12° iliq atrofida, kunduz kunlari esa 17-22° iliqdan yuqori va me’yordan 2-3° past bo‘ladi.

Shu kunlarda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 1600 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring