Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat dasturiga 413 ta qishloq va mahalla kiritildi

Davlat dasturiga 413 ta qishloq va mahalla kiritildi

Prezidentning «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini 2022-2026-yillarda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaror loyihasi muhokamaga joylashtirildi.

Loyihada keltirilishicha, 2022-2026yillarda davlat dasturiga 2 043 ta qishloq va mahalla tanlab olinishi rejalashtirilgan. 2022 yil esa dasturga 413 ta, xususan 323 ta qishloq, 90 ta mahalla kiritildi.

Qayd etilishicha, joriy yilda dasturga kiritilgan hududlarning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlarini moliyalashtirishga 5 294 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

Shuningdek, 2022-2026 yillar belgilangan hududlarda 5 276 km, jumladan 2022 yilda 1 319 km optik tolali aloqa tarmoqlarini qurish ishlari amalga oshiriladi.

Qaror loyihasi 2022 yilning 26 yanvariga qadar ochiq.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring