Davlat qurgan yo‘l atrofiga daraxt ekish mahalla zimmasiga yuklatiladi
Bundan buyon, «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlariga qaysi mahalla yoki qishloq kirishini mahalliy kengashlar belgilaydi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tkazayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Mahalliy kengashlar shuningdek har bir mahalla kesimida ijtimoiy soha, ichimlik suvi, yo‘l-transport va infratuzilma ob’yektlari «manzilli dasturi»ni tasdiqlaydi.
Dasturlar doirasida mahalla raislari va aholining «ijtimoiy hamkorligi» amalga oshiriladi. Ya’ni, davlat yangi yo‘l qurib bersa, uning atrofiga daraxt ekish, qazib berilgan ariq va zovurlarni keyinchalik tozalash, qurilgan binolarning butun saqlanishini ta’minlash bo‘yicha mahalla aholisi o‘ziga majburiyat oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter