Davlat soliq qo‘mitasi jurnalistlarni ishga taklif qiladi
Davlat soliq qo‘mitasi, qo‘mitaning markaziy apparati hamda hududiy davlat soliq boshqarmalaridagi quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga malakali jurnalistlarni ishga taklif qiladi.
|
Bo‘sh lavozim mavjud soliq organi |
Vakant lavozimlar |
Murojaat uchun telefonlar |
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi |
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi bosh mutaxassisi |
(0-371) 244-97-22, (0-371) 244-98-27 (0-371) 202-32-82 |
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi |
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i |
(0-361) 222-48-82, (0-361) 222-82-57 |
|
Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi |
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i |
(0-436) 220-60-90, (0-436) 223-53-71 |
|
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi bosh mutaxassisi |
||
|
Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi |
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi bosh mutaxassisi |
(0-366) 234-15-96, (0-366) 234-42-36 |
|
Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi |
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i |
(0-376) 221-72-39, (0-376) 223-29-64 |
|
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi bosh mutaxassisi |
||
|
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi |
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi bosh mutaxassisi |
(0-371) 150-49-72, (0-371) 150-49-86, (0-371) 150-49-53 |
|
Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi |
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi bosh mutaxassisi |
(0-373) 241-70-80, (0-373) 241-70-81, (0-373) 241-70-60 |
|
Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi |
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi bosh mutaxassisi |
(0-362) 223-11-09, (0-362) 223-10-10 |
|
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi |
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i |
(0-371) 140-32-48, (0-371) 244-52-60, (0-371) 140-32-95 |
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- oliy ma’lumotli jurnalist;
- davlat tilini yaxshi bilish (rus yoki boshqa tillarni bilish ustunlik beradi);
- soliqqa oid qonun hujjatlarini keng jamoatchilikka yetkaza olish qobiliyatiga ega bo‘lish;
Vazifalari:
- soliq qonunchiligi va davlat soliq xizmati organlari faoliyati bilan bog‘liq tele, audio, videomateriallar, roliklar, turkum maqolalar tayyorlash hamda internet saytlari, matbuot nashrlari, radio va telekanallar orqali e’lon qilish;
- ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumanlari, turli seminarlar, soliq qonunchiligini targ‘ib etuvchi tadbirlar, uchrashuvlar, davra suhbatlarini tashkillashtirish;
- ommaviy axborot vositalari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ularning yozma, elektron va og‘zaki murojaatlariga o‘z vaqtida hamda sifatli javob qaytarish;
- davlat soliq xizmati organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, soliq ma’murchiligini muntazam takomillashtirib borish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
Oylik ish haqi, rag‘batlantirish va ijtimoiy himoyalashga qaratilgan to‘lovlar:
- oylik ish haqi — 3 mln. so‘mdan boshlanadi (mukofot puli va moddiy yordamlardan tashqari);
- maxsus unvon va tizimdagi ko‘p yillik xizmati uchun qo‘shib boriladigan maxsus ustamalar;
- umumxalq bayramlari va chorak yakunlari bo‘yicha mukofot pullari;
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotib olish uchun yilda bir marotaba moddiy yordam;
- uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan xodimlarga uy-joy sotib olish uchun foizsiz qarz ajratish.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter