Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Deputat o‘z okrugida yutqazgan ikkita loyihani g‘olibga aylantirishi mumkin

Deputat o‘z okrugida yutqazgan ikkita loyihani g‘olibga aylantirishi mumkin

Foto: Xabar.uz

2026-yildan boshlab «Tashabbusli budjet» jarayonlari doirasida g‘olib bo‘lmagan loyihalarni deputatlar tashabbusiga ko‘ra g‘olib deb e’lon qilish amaliyoti joriy etiladi.

Bunda:

  • Qonunchilik palatasi deputatlari har yili «Tashabbusli budjet» jarayonlari doirasida tegishli saylov okruglarida g‘olib bo‘lmagan loyihalar orasidan ikkita loyihani (har mavsumda bittadan) saylovchilarning manfaatlarini inobatga olgan holda «Ochiq budjet» axborot portalida tanlaydi;
  • deputatlar tomonidan tanlangan loyihalar «Ochiq budjet» axborot portalida avtomatik ravishda g‘olib deb topiladi va ushbu loyihalar respublika budjetidan moliyalashtiriladi.

Ushbu xarajatlarni moliyalashtirish uchun har bir deputatga bir yilda ikki mavsum uchun bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz ming baravari miqdorida (amalda 3,3 mlrd so‘m) mablag‘ har yilgi respublika budjetida nazarda tutiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring