Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diyetolog kimlar tort va piroglar yemasligi kerakligini aytdi

Diyetolog kimlar tort va piroglar yemasligi kerakligini aytdi

Diyetolog Mixail Ginzburg kimlar tort va pishiriqlarni iste’mol qilmasligi lozimligini ma’lum qildi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ushbu mahsulotlar juda shirin va yuqori kaloriyali mahsulotlar bo‘lib, surunkali kasalliklarni kuchaytirishi mumkin. 

Ginzburg 40 yoshdan oshgan ayollar va bolalarning ovqat ratsionidan shirilik mahsulotlarini chiqarib tashlashga chaqirdi, ayniqsa diabet xavfi yuqori bo‘lgan vaziyatlarda bu muhim. 

«Tort va piroglarni bolalar, shuningdek gipertoniya yoki ateroskleroz bilan kasallangan 50 yoshdan oshgan erkaklar ham yemasligi lozim. Qandli diabet bilan kasallanganlarga shirinlik mumkin emasligi kundek ravshan», deydi diyetolog.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ishlab chiqaruvchilar ko‘pincha qandolatlar va tortlarga tarkibida trans yog‘lar bo‘lgan arzon palma yog‘ini qo‘shishadi. Agar siz bunday mahsulotlarni muntazam iste’mol qilsangiz, yurak va qon tomir kasalliklari xavfi sezilarli darajada oshadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring