Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘zgardi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘zgardi

Abdug‘ofur Ahmedov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnida Sodiq Donaqulovich Toshboyev ish boshladi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Sodiq Toshboyev 1978-yilda Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1999 yilda G.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot Akademiyasi Toshkent filialini tamomlagan, ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — iqtisodchi, siyosatshunos va tizimli tahlilchi. U 2001-2002-yillarda «O‘zagrosug‘urta» Samarqand filiali yetakchi mutaxassisi, 2004-2018 yillarda harbiy qism harbiy xizmatchisi bo‘lgan. 

U 2018 yildan buyon Andijon viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring