Dunyo xaritasida yangi mamlakat paydo bo‘ldi

Afrikadagi so‘nggi absolyut monarx, Svazilend qiroli Msvati III o‘z mamlakati nomini Esvatini qirolligiga o‘zgartirdi. Bu haqda «Reuters» agentligiga tayanib, Lenta.ru xabar qilmoqda.
Qirol o‘z qarorini svazi xalqi mustaqilligining 50 yilligiga bag‘ishlangan marosimda e’lon qildi. Uning aytishicha, nomning o‘zgartirilishi sabablaridan biri bu nomlardagi adashtirishdir. «Qayerga bormaylik bizni Shveysariya deb atashadi» (Swaziland - Switzerland), — dedi qirol.
Esvatini qirolligi Afrikaning janubida, JAR va Mozambik o‘rtasida joylashgan. Qirollik 1968-yili Buyuk Britaniyadan mustaqil bo‘lib chiqqan. Uning aholisi taxminan 1,35 million kishini tashkil etadi, ammo bu aniq raqamlar bo‘lmasligi ham mumkin. Mamlakatda katta yoshlilarning chorak qismidan ko‘pi (26,1 foizi) immun tanqisligi virusi bilan kasallangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter