Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jirafalar rasman to‘rt turga mansub deb topildi

Jirafalar rasman to‘rt turga mansub deb topildi

Foto: TechInsider

Yaqin-yaqingacha biologlar jirafa to‘qqizta kenja turga ega yagona tur sifatida mavjud deb hisoblab kelishgan.

Ammo zamonaviy genetik tadqiqotlar va bosh suyagining tuzilishini taqqoslash bu qarash noto‘g‘riligini isbotladi: jirafalar guruhlari o‘rtasidagi farq shunchalik kattaki, ularni bemalol alohida turlar deb hisoblash mumkin.

So‘nggi 10 yil davomida Afrikaning turli burchaklaridan Nigerdan tortib Janubiy Sudangacha to‘plangan namunalarni tahlil qilish orqali shunday xulosaga kelindi.

Endi jirafalar rasman tur turga ajratildi:

  • Masai jirafasi (Tanzaniya, Keniya va Ugandada yashaydi);
  • Shimoliy jirafa (Janubiy Sudandan Efiopiyagacha tarqalgan, uchta kenja turi mavjud);
  • To‘rsimon jirafa (Keniya, Efiopiya va Somali savannalarida yashaydi);
  • Janubiy jirafa (Namibiya, Janubiy Afrika, Botsvana va qo‘shni mamlakatlarda tarqalgan).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring