Jirafalar rasman to‘rt turga mansub deb topildi

Yaqin-yaqingacha biologlar jirafa to‘qqizta kenja turga ega yagona tur sifatida mavjud deb hisoblab kelishgan.
Ammo zamonaviy genetik tadqiqotlar va bosh suyagining tuzilishini taqqoslash bu qarash noto‘g‘riligini isbotladi: jirafalar guruhlari o‘rtasidagi farq shunchalik kattaki, ularni bemalol alohida turlar deb hisoblash mumkin.
So‘nggi 10 yil davomida Afrikaning turli burchaklaridan — Nigerdan tortib Janubiy Sudangacha to‘plangan namunalarni tahlil qilish orqali shunday xulosaga kelindi.
Endi jirafalar rasman tur turga ajratildi:
- Masai jirafasi (Tanzaniya, Keniya va Ugandada yashaydi);
- Shimoliy jirafa (Janubiy Sudandan Efiopiyagacha tarqalgan, uchta kenja turi mavjud);
- To‘rsimon jirafa (Keniya, Efiopiya va Somali savannalarida yashaydi);
- Janubiy jirafa (Namibiya, Janubiy Afrika, Botsvana va qo‘shni mamlakatlarda tarqalgan).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter