Dunyodagi eng yaxshi parhez usuli ma’lum bo‘ldi
Amerikaning yurak, o‘pka va qon milliy institutining tadqiqotchilari sakkizinchi bor dunyodagi eng yaxshi parhezni tanladilar. Olimlarning ta’kidlashicha, DASH (gipertoniyani to‘xtatish parhezi) diyetasi organizmning umumiy yaxshilanishiga, qon bosimining barqarorlashishiga va oshqozon-ichak trakti tozalanishiga olib keladi.
Bunday ovqatlanish talablaridan biri tarkibida tuz bo‘lgan taomlardan butkul yoki qisman voz kechish, uning o‘rniga esa natriyga boy mahsulotlarni iste’mol qilishdir.
Olimlar DASH diyetasi 40 xildagi parhez sxemalari orasida eng yaxshisi, degan xulosaga kelishdi. Tibbiyot xodimlarining aytishicha, bu kabi ovqatlanish tartibi sizni gipertoniyaga qarshi dori-darmonlarni qabul qilmaslik imkonini yaratar ekan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter