DXX Markaziy devonida «Tilga e’tibor-mustaqillikka e’tibor» shiori ostida tadbir tashkil etildi
Til – millat tafakkurining bebaho xazinasi, ulkan boyligi sifatida ijtimoiy hayotda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois mamlakatimizda ona tilimiz, ayniqsa, so‘nggi uch yilda mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo‘ldi.
Davlat xavfsizlik xizmati Markaziy devonida tashkil etilgan «Tilga e’tibor-mustaqillikka e’tibor» shiori ostidagi ma’naviy-madaniy tadbirda ayni jihatlarga urg‘u berildi. Unda taniqli shoir, yozuvchi, aktyorlar hamda DXX Chegara qo‘shinlarining «Sarhad» guruhi qatnashdi.
Ishtirokchilar tomonidan ona tilimizni ulug‘lovchi she’rlar va g‘azallar o‘qildi.
Bayram davomida DXX ansambli xonandalari tomonidan o‘zbek tilini ulug‘lovchi taronalar kuylandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter