O‘zbekistonga sovuq kirib kelmoqda. Ekinlarni asrash uchun nima qilish kerak?
Ertaga, 16 fevral kunidan O‘zbekistonga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda harorat keskin tushishi kutilmoqda.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligi ekinlarini sovuqdan asrash bo‘yicha tavsiya va maslahatlarini berdi:
➖ o‘rab qo‘yish: Iloji bo‘lsa, daraxtlar va o‘simliklarni sovuq urishi va qordan himoya qilish uchun maxsus materiallar (mato, plyonka, kraft-qog‘oz, spanbond) bilan yopish tavsiya etiladi. Bu gullaydigan kurtaklarni qisqa muddatli qattiq sovuqdan saqlab qolishga yordam beradi;
➖ ozuqa moddalari bilan sug‘orish: Sovuq havo massasi kirib kelishidan oldin daraxtlar yetarli darajada namlik va ozuqa olgan bo‘lishiga ishonch hosil qilish. Odatda suvga va foydali moddalarga to‘yingan daraxtlar past haroratlarga ko‘proq chidamliroq;
➖mulchalash: Ekinlar ildiz zonasini maxsus ozuqa moddalar bilan qoplash tuproqdagi issiqlik va namlikni saqlab qolishga yordam beradi, bu esa ildizlarni sovuqdan himoya qiladi;
➖ shikastlangan shoxlarni kesib tashlash: Qor og‘irligi ostida ba’zi shoxlarni sinishi yoki sovuq urishi xavfini kamaytirish uchun qurib qolgan yoki shikastlangan novdalarni kesib tashlash mumkin. So‘ng, kesilgan joyni mis sulfatning suvli eritmasi (1 litr suv uchun 1 choy qoshiq modda) bilan ishlov berish mumkin;
➖ shamoldan himoya qilish: Imkoniyat bo‘lsa, daraxtlar va o‘simliklar atrofida vaqtinchalik shamol to‘siqlarini yaratish. Bu to‘siqlar ekinlarni yelvizaklardan asrashga yordam beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter