Elektr energiyasi va gaz uchun oldindan to‘lov qoidasi o‘zgardi

Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga navbatdagi o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda «Norma» xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, 1-martdan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun oldingan to‘lov kiritish qoidalari o‘zgardi: tariflar o‘zgarganda keyinchalik qayta hisoblashlarsiz oldindan to‘lov to‘lanadigan davr ikki baravar – 6 oyga qisqartirilgandi.
Ko‘rib chiqilayotgan o‘zgartirishlar bir-biriga o‘xshashdir, ruxsat etiladigan davr yana 3 baravar – 2 oyga qisqartiriladi. Shu tariqa, maishiy iste’molchilardan elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov tarif o‘zgarganda qayta hisoblashlarsiz ko‘pi bilan 2 oy oldindan qabul qilinadi.
Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarida oldindan to‘lov davri cheklanmagan. Biroq tarif o‘zgarganda iste’molchi to‘lov to‘langan kundan boshlab faqat 2 oy davomida oldindan to‘langan hajm uchun qo‘shimcha to‘lovlardan ozod etiladi.
Elektr energiyasi va gaz uchun oldindan haqni 2019-yil 31-iyulgacha to‘lashga ulgurgan shaxslarga nisbatan qo‘shimcha to‘lovsiz 6 oy to‘g‘risidagi avvalgi qoida qo‘llaniladi.
Ma’lumot uchun: boshqa toifadagi iste’molchilarga (nomaishiy) nisbatan qoidalar ham ikki marta: joriy yilning 1-marti va 1-iyunidan o‘zgartirildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.07.2019-yildan kuchga kirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter