Elektr ta’minoti tiklanib «O‘zbekneftgaz» AJga qarashli boshqarma va zavodlar faoliyat yurita boshladi

2022-yil 25-yanvar kuni elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar sababli, «O‘zbekneftgaz» AJ tizimidagi boshqarma va zavodlari faoliyati ham vaqtincha to‘xtagan edi.
Elektr energiya ta’minoti qayta tiklangandan so‘ng, «O‘zbekneftgaz» AJ tasarrufidagi neft va gaz qazib chiqarish va qayta ishlash boshqarma va zavodlaridagi mavjud texnologik qurilmalar va siquv kompressor stansiyalarni bosqichma-bosqich ishga tushirish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, Qashqadaryo viloyatida joylashgan «Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi», «Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi», «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» va «Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MChJ, Buxoro viloyatida joylashgan «Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi» va «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» MChJ faoliyatini davom ettira boshladi.
Gazli hamda Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli konlardan tabiiy gaz qazib chiqarish ishlari qayta davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekneftgaz» AJ tizim korxona va tashkilotlari o‘zlariga yuklatilgan vazifani so‘zsiz bajarish bo‘yicha barcha imkoniyatlar safarbar etiladi. Boshqarma va zavodlar faoliyatini to‘liq quvvatda ishlashi uchun, uzluksiz ishlar davom ettiriladi.
«O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter