Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektron kutubxona, bepul WiFi va robot: Buxoroda davlat xizmatlari markazi ochildi

Elektron kutubxona, bepul WiFi va robot: Buxoroda davlat xizmatlari markazi ochildi

Foto:Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmat

Buxoroda Davlat xizmatlari markazining  tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati xabar qildi.

1764 kvadrat metr maydonli ikki qavatli binoda Davlat xizmatlari agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi va Buhoro shahri Davlat xizmatlari markazi joylashgan.

Buxoro shahri Davlat xizmatlari markazi korporativ uslubda bezatilgan bo‘lib, qo‘shimcha qulaylik elementlarini o‘z ichiga oladi. Masalan, butun zal bo‘ylab o‘rnatilgan belgilar, xizmatlarni onlayn tarzda olish imkonini beradigan infokiosklar, u yoki bu davlat xizmatini olish tartibini, elektron navbat talonini olish, qaysi oynaga murojaat etish kerakligini tushuntirishga hamisha tayyor maslahatchilar, zamonaviy resepshn, shuningdek, yanada yaxshilangan kutish joylari.

Foto:Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmat

Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida bu yerda lift va eskalator ham mavjud. Yana esa, ona va bola xonasi, tibbiy punkt, davlat bojini to‘lash uchun kassa, davlat xizmati ko‘rsatish jarayonini va navbat ro‘yxatini namoyish etadigan monitorlar, hamda naqd pul yechish uchun bankomat ishlab turipti.

 Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun bu yerda tegishli aravacha va pandus o‘rnatilgan. 

Yuqorida sanab o‘tilganlar — yil oxirigacha soni 50 taga yetadigan, yangi Davlat xizmatlari markazlarining odatiy jihozlanishi xolos.

Bepul WiFi ga ulanish, kutish vaqti yanada mazmunli o‘tkazilishi uchun yaratilgan elektron kutubxona, shuningdek, davlat xizmatlarini olish jarayoni haqida so‘zlab beradigan robot esa—birinchi bo‘lib Buxoro Davlat xizmatlari markazida joriy etiladigan innovatsiyalardandir.

Yangiliklardan gapiradigan bo‘lsak, mazkur markazda ilk bor avtomobil raqamlarini berish xizmati taqdim etish sinovdan o‘tkazilmoqda. Shu bilan birga, bu yerda eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish, biometrik pasport olish, FHDYo va notariat organlari xizmatlaridan foydalanish va boshqalar mumkin bo‘ladi. Umuman olganda, tashrif buyuruvchilar uchun 88 ta qabul oynalari va 100 dan ortiq davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring