Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘ondan Serdar Berdimuhamedovgacha: musulmon liderlar Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

Erdo‘g‘ondan Serdar Berdimuhamedovgacha: musulmon liderlar Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

Shu kunlarda jahondagi jami musulmon ummati tomonidan muqaddas Qurbon hayiti – Iyd al-Adho keng bayram qilinmoqda.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlarning davlat va hukumatlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy tuzilmalar rahbarlari, taniqli siyosat va jamoat arboblari, ulamolardan qutlovlar kelmoqda.

Tabriknomalarda O‘zbekiston yetakchisi va ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan, mamlakatimizda barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan siyosat to‘liq qo‘llab-quvvatlangan, shuningdek, ikki tomonlama do‘stlik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga intilish qat’iy ekani ta’kidlangan.

Quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi,

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on,

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart To‘qayev,

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov,

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon,

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov,

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev,

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon,

O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Al Said,

Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II,

Quvayt Davlati Amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh,

Quvayt Davlati valiahd shahzodasi Mishaal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;

Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos,

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum,

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon,

Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Bag‘dod Amreyev,

Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim,

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husrav Noziriy,

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.

Qutlovlar kelishda davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring