Erkinjon Turdimovning ikki o‘rinbosari ishdan ketdi

Samarqand viloyati hokimining tegishli qarorlari bilan viloyat hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i Botirjon Nurullayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.
Ushbu lavozimga shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati hududiy filiali rahbari lavozimida faoliyat olib borgan Qobilov Rustam Rajabboyevich tayinlandi.
Shuningdek, viloyat hokimining o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Umarov Asqar Narziyevich ham boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.
Ushbu lavozimga shu kunga qadar Samarqand viloyati Bandlik Bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan Jabborov Isroil Ismoilovich tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter