Ertaga Toshkentning bir qator tumanlarda gaz uziladi

Ertaga, 29-aprel kuni Mirobod, Chilonzor, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, 29-aprel kuni soat 10:00dan 19:00gacha gaz quvurlarida ta’mirlash-sozlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim aholi hududlari, ijtimoiy va maishiy-kommunal ob’yektlarda gaz ta’minoti to‘xtatiladi:
Mirobod tumanida:
— Sayxun ko‘chasida;
— 8 mart ko‘chasida;
— Vodil ko‘chasida;
Chilonzor tumanida:
— «Central Kardio Servis» MChJda;
— Qozirobod ko‘chasida;
Yakkasaroy tumanida:
— «Navro‘z» restoranida;
— «ZIYoDA-NON» MChJda;
Yashnabod tumanida:
— To‘yona ko‘chasida;
— Boku ko‘chasida;
— Farg‘ona yo‘li ko‘chasida;
— Obod makon ko‘chasida;
— «Katta Qo‘yliq» mahallasida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter