Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yetti mamlakatda saratonga qarshi vaksina sinovi boshlandi

Yetti mamlakatda saratonga qarshi vaksina sinovi boshlandi

Shifokorlar o‘pka saratonini davolash uchun dunyodagi birinchi mRNK vaksinasini sinovdan o‘tkazishni boshladilar. Yetti mamlakatning 34 ta tadqiqot markazi bemorlarga preparatni qo‘llashni boshladi.

Buyuk Britaniya, AQSh, Germaniya, Vengriya, Polsha, Ispaniya va Turkiyada xalqaro klinik sinovlar boshlandi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Sinovlar kimyoterapiya o‘rnini bosishi mumkin, chunki u inson tanasiga kamroq zarar yetkazadi. Vaksina nemis olimlari tomonidan yaratilgan. Ular COVID-19 uchun preparatning asosini tashkil etgan bir xil mRNK texnologiyasidan foydalanganlar. Dori tufayli tananing o‘zi saraton hujayralarini taniy oladi va ular bilan kurashadi.

Tadqiqot kichik hujayrali o‘pka saratoni bilan og‘rigan 130 nafar bemorda o‘tkaziladi. Bir yil davomida sub’yektlarga immunitetni mustahkamlash uchun o‘nlab dozalarda vaksina beriladi. Birinchi odam allaqachon bu preparatni olgan. Shifokorlar ishlanma butun dunyoda mashhur bo‘lishiga umid bildirdi, deb yozadi The Guardian gazetasi.

«Bizda bu vaksina yaxshi natija ko‘rsatayotgani haqida ba’zi dalillar mavjud. Umid qilamizki, vaqt o‘tishi bilan davolashda boshqa to‘qimalarga ta’sir qilmasdan o‘pka saratoniga qarshi samarali ekanligini ko‘rsata olamiz», dedi London Universitet kolleji klinik sinovi rahbari doktor Sara Benafif.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring