Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Faqat shirinlik emas: tishlarni ko‘p zararlovchi mahsulotlar nomi aytildi

Faqat shirinlik emas: tishlarni ko‘p zararlovchi mahsulotlar nomi aytildi

Tishlarni yemiradigan mahsulot sifatida ko‘proq shirinliklarni misol qilib keltiramiz.  Ammo olimlarga ko‘ra, ayrim boshqa mahsulotlar ham tishlarga jiddiy zarar yetkazishga qodir. 

Potensial xavfli yemaklar orasida popkorn mavjud. Makkajo‘xori qobig‘i tishlar orasiga yopishib qolishi va tish go‘shtiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Quritilgan mevalar tanaga foydali, ammo tishlar uchun xavfli. Meva shakarining yuqori miqdori tishlarning holatiga ta’sir qilishi mumkin. Meva urug‘i tish emalini parchalashga olib kelishi mumkin.

Sirop yoki shakar qo‘shilgan qahvadan keyin og‘iz bo‘shlig‘i bir soatcha tupuk ishlab chiqarishni to‘xtatadi. Shu vaqt ichida tishlar har qanday tashqi tahdiddan himoyasiz bo‘lib qoladi. Energetik ichimliklar ham tishlar uchun noxush oqibatlarga olib keladi: kislota va shakarning yuqori miqdori tishlarni juda tez yo‘q qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring