Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada ko‘p qavatli uylar orasidagi qurilishlar to‘xtatiladi

Farg‘onada ko‘p qavatli uylar orasidagi qurilishlar to‘xtatiladi

Foto:«O‘zA»

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona shahridagi Do‘stlik hamda Gulzor mahallasida aholisi yashash sharoitlarini o‘rgandi. Mazkur jarayonda ko‘p qavatli turar-joylar orasida yashil maydonlar hududidagi daraxtlar kesilgani, bolalar va sport maydonchalari buzilgani va o‘rniga yangi binolar qurilishi boshlanganiga guvoh bo‘lingan, deya yozmoqda O‘zA.

Aholi viloyat hokimi bilan muloqot chog‘ida yangi qurilayotgan binolar sababli mahallada yashash uchun noqulayliklar paydo bo‘lgani, bolalar uchun ochiq havoda o‘ynash, kattalar va keksalar uchun sayr qilishga imkoniyat qolmaganini bildirishdi.

Viloyat rahbari shahar hokimi va prokuroriga bugundan e’tiboran Farg‘ona shahrida ko‘p qavatli turar-joylar o‘rtasida olib borilayotgan barcha qurilishlarni to‘xtatish hamda bunday qurilishlarga ruxsat berish bilan bog‘liq qarorlarni bekor qilish yuzasidan topshiriq berdi.

Poydevor uchun qazilgan kotlovanlar barchasi ko‘mib tashlanadi, qurilishi yakunlashish bosqichida bo‘lgan inshootlarning har birining qonuniyligi bo‘yicha shahar prokuraturasi o‘rganish olib boradi. Barcha hududlarda buzib tashlangan bolalar hamda sport maydonchalari qayta tiklanadi, qurilish egalari kesilgan har bir daraxt o‘rniga 100 tupdan manzarali daraxt ekishi ta’minlanadi.

To‘xtatilgan qurilishlar o‘rniga tadbirkorlarga bino qurish uchun boshqa joydan yer maydoni taklif etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring