Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fatvo: yuqori tezlikda harakatlanish oqibatida vafot etgan haydovchi o‘z joniga qasd qilgan bo‘ladi

Fatvo: yuqori tezlikda harakatlanish oqibatida vafot etgan haydovchi o‘z joniga qasd qilgan bo‘ladi

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga doir fatvo e’lon qildi.

Unga ko‘ra:

yo‘l harakati qoidalariga amal qilish shar’an vojib amal hisoblanadi. Musulmonlar ushbu qoidalarga e’tiqodan va qunt bilan amal qilishlari kerak;

ruxsat etilgandan yuqori tezlikda harakatlanishi oqibatida ro‘y bergan baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan haydovchi shar’iy jihatdan haddidan oshgan va o‘z joniga qasd qilgan maqomida hisoblanadi.

yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaydigan yoki bunga layoqati bo‘lmagan shaxslarning transport vositasini boshqarishi joiz emas;

yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan holatda transport vositasini boshqarish shar’an joiz emas;

transport vositasi yo‘lga yaroqli bo‘lmagan holatda undan foydalanish shar’an man etiladi;

yo‘l jamoa foydalanadigan tarmoq ekani sababli yo‘l harakati ishtirokchilari o‘zaro odob va madaniyat bilan munosabatda bo‘lishlari, boshqalarga xalaqit berishdan, qo‘pol so‘z va xatti-harakatlardan saqlanishlari lozim.

Tezlikni cheklashda asosan haydovchi va yo‘lovchilarning hayotini saqlash nazarda tutiladi. Haydovchining bu cheklovni buzishi o‘zining va boshqalarning hayotini xatarga qo‘yish bo‘ladi. Shu bois qator fatvo markazlari va ulamolar, jumladan, Saudiya Arabistoni muftiyati ruxsat etilgan tezlikdan yuqori tezlikda harakatlanish oqibatida ro‘y bergan baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan haydovchi o‘z joniga qasd qilgan bo‘ladi, deb fatvo bergan.

Musulmon kishini yo‘l harakati qoidalari, odob va madaniyatlariga amal qilishi kuzatuv kameralari yoki yo‘l harakati havfsizligi bo‘linmalari xodimlari nazorat qilayotgani uchun emas, balki amaldagi yo‘l harakati qonun-qoidalariga amal qilish – Islom shariatining talabi deb e’tiqod qilgan holda bajarishi kerak. Shunda yo‘lda yurish ham ibodatga aylanadi. Vallohu a’lam, deb yozadi O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring