Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Favqulodda vaziyatlar vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Favqulodda vaziyatlar vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Polkovnik Sanjar Zuparov O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Shtab boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

***

Polkovnik Xurshid Aliboyev O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Xurshid Aliboyev 1982 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 2003 yili O‘zbekiston Milliy universitetini, 2015 yili Rossiya Federatsiyasi Fuqaro muhofazasi akademiyasini tamomlagan.

Tayinlovga qadar Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

***

Polkovnik Muxtor Muhitdinov O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring