Ogoh bo‘ling. Firibgarlar Toshkent hokimligi nomidan tadbirkorlarni yorliq sotib olishga majburlamoqda

Toshkent shahar hokimligi firibgarlik holati bo‘yicha tadbirkorlarni ogohlantirdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
«Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini Toshkent shahar hokimligi vakili sifatida tanishtirib, tadbirkorlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligi yozuvi tushirilgan bayramona yorliqlarlarni xarid qilishga majbur etayotgan kishilar haqida ma’lumotlar tarqaldi.
Barchangizni bu ishning hokimlikka aloqasi yo‘qligi, firibgarlik ekanidan ogohlantirib, ayyorlik yo‘li bilan pul ishlayotgan bunday kishilar ta’siriga tushib qolmaslikka chaqiramiz», — deyiladi hokimlik axborotida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter