Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FVV ogohlantiradi: Kuchli qor va sovuq kutilyapti

FVV ogohlantiradi: Kuchli qor va sovuq kutilyapti

Foto: «Xabar.uz»

Favqulodda vaziyatlar vazirligi O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markaziga asoslanib ma’lumot berishicha, joriy yilning 13–15-fevral kunlari O‘zbekiston hududiga G‘arbiy Qozog‘iston orqali janubiy Ural hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilyapti.

13–14-fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayib, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatiladi, jumladan:

13-fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 17-22 m/s.gacha, ayrim joylarida 25-28 m/s.gacha kuchayishi mumkin.

14-fevral respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 17-22 m/s.gacha, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarining ayrim hududlarida 25-28 m/s.gacha kuchayishi mumkin.

13-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 14 fevral sanasida mamlakatimizning ba’zi joylarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), tog‘li hududlarda qor yog‘ishi kuchli bo‘lishi mumkin.

15–17-fevral kechalari harorat -4, -7 darajagacha sovishi kutilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni so‘ragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring