FVV tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Favqulodda vaziyatlar vazirligining ikki viloyat boshqarmasida rotatsiya amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Qodirov Nurali Usmanaliyevich Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
N.Qodirov mazkur tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Shuningdek, polkovnik Ilhom Ismoilov Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter