Samarqand shahrida ilk gastronomik ko‘cha ochildi

Endilikda shaharning Orzu Mahmudov ko‘chasi gastronomik ko‘cha sifatida aholi va sayyohlarga xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda «zarnews.uz» xabar bermoqda.
Ushbu ko‘chada ko‘plab kafe va restoranlar, gastronomik butiklar, savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari o‘rin olgan.
O‘zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari, turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov ushbu gastronomik ko‘chani ochar ekan, Samarqand kuni arafasida bu maskan shahar ahli uchun katta tuhfa bo‘lganini ta’kidladi.
– Bu ko‘cha nafaqat ovqatlanish yoki xaridlarni amalga oshirish nuqtasi bo‘ladi, balki turli madaniy, ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkaziladigan maskanga aylanadi – degan A.Abduhakimov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter