Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gaz xodimlari va tadbirkorning «oldi-berdi»si qimmatga tushdi

Gaz xodimlari va tadbirkorning «oldi-berdi»si qimmatga tushdi

Foto: «Xabar.uz»

Gaz ta’minoti korxonasiga zarar yetkazgan jamiyat rahbari va «Qibraytumangaz» bo‘limi xodimlarining talon-torojligi fosh etildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «O.» MChJga qarashli issiqxona tabiiy gaz tarmog‘idan uzilgan bo‘lsada, jamiyat ish boshqaruvchisi M.M. tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan noqonuniy qayta ulanib foydalangani, shuningdek, «Qibraytumangaz» ta’minoti bo‘limi xodimlari — A.D. va J.N.lar ish boshqaruvchi M.M. bilan til biriktirib, issiqxona tabiiy gazga noqonuniy ulanganligi sababli maxsus tamg‘a bilan qayta uchirilganligi to‘g‘risida soxta dalolatnoma tuzib, amalda tabiiy gaz tarmog‘idan uzmaganligi natijasida gaz ta’minoti korxonasi manfaatlariga 142,7 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan «O.» MChJ ish boshqaruvchisi M.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring