Gepardlar nega eng tez yuguradi? Olimlar sababini ochiqladi
London Imperial kolleji (Buyuk Britaniya) olimlari gepardlar nima uchun Yerdagi eng tez yuguruvchi hayvonlar ekanligini aniqlashdi. Sabab ularning o‘rtacha tana hajmi bilan bog‘liq.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, katta hayvonlarning oyoq-qo‘llari eng uzun va mushaklari eng katta kuchga ega. Ammo ular eng tez yuguruvchilardan emas.
Mualliflar yirik sutemizuvchilar, qushlar va kaltakesaklardan tortib, mayda o‘rgimchak va hasharotlargacha bo‘lgan 400 xil turning hajmi va tezligi haqidagi ma’lumotlarni tahlil qildilar. Bu ularga yugurish paytida turli jonzotlarning mushaklari qanday ishlashini taqlid qilish imkonini berdi.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, tabiiy tezlikni cheklovchi ikki sabab mavjud. Birinchisi, kinetik energiyaning chegarasi. Kichik hayvonlarning mushaklari yetarlicha tez qisqara olmaydi. Tez harakat qilish uchun ular o‘z vazniga nisbatan juda ko‘p kuch sarflashlari kerak va bu ularning maksimal tezligini cheklaydi.
Ikkinchi cheklov yirik hayvonlarga tegishli. Fillar va karkidonlar kabi turlar uchun yugurish katta og‘irlikni ko‘tarishdek tuyulishi mumkin, chunki ularning mushaklari nisbatan zaifroq va tortishish kuchiga qarshi turish ko‘proq energiya talab qiladi.
Gepardlar o‘rta vazn toifasiga kiradi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ularning vazni (taxminan 50 kg) mushaklarning eng samarali ishlashi uchun maqbuldir. Shu bois ular hayvonot olamidagi eng tez yugurish tezligi bo‘yicha rekordchilarga aylanishdi, deb xabar bermoqda Nature Communications.
Tadqiqot natijalari mushaklar evolyusiyasining asosiy jismoniy tamoyillarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Shuningdek, ular tez ishlaydigan robotlarning kelajakdagi ishlanmalari uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter