Germaniyada antisemitizmni targ‘ib qiluvchi muhojirlarni mamlakatdan chiqarib yuborish taklif qilindi

Germaniya. Bundestag.
Xristian Demokratik Ittifoqi / Xristianlar Ijtimoiy Ittifoqi (CDU / CSU) konservativ blokidan chiqqan nemis parlament a’zolari antisemitik fikrlarni ochiq ifoda etgan muhojirlarni mamlakatdan chiqarib yuborishga harakat qilishmoqda. Bu Bundestagdagi CDU / CSU fraksiyasi deputatlari 27 yanvar - Xalqaro Xolokost qurbonlarini xotirlash kuni parlament muhokamasiga taqdim etishni mo‘ljallagan loyiha hujjatida bayon etilgan. Shanba kunidan e’tiboran mazkur hujjat «Die Welt » gazetasida chiqadi, deb yozadi TASS axborot agentligi.
«Germaniyada yahudiylarning hayotini rad etadigan yoki Isroilning mavjud bo‘lish huquqiga shubha bilan qaraydigan odam bizning mamlakatda bo‘lmasligi kerak", deyiladi hujjatda. CDU / CSU blokidan parlament a’zolari hukumatni bunday migrantlarni mamlakatdan chiqarish uchun qonuniy imkoniyatlardan foydalanishga chaqiradilar.
«Biz arab muhojirlari hamda Afrikalik muhojirlarning antisemitik xatti-harakatlariga uzil-kesil qarshilik qilishimiz kerak» deya ta’kidlab o‘tgan fraksiyaning Bundestagdagi rahbari Stefan Harbard.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter