«GM Uzbekistan» nogironlar uchun avtomobillarni qayta jihozlaydi

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalaridan foydalanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.
Qaror bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarning foydalanishi uchun respublikada ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarni maxsus uskunalar bilan qayta jihozlash mazkur shaxslarning buyurtmalariga asosan «GM Uzbekistan» AJ rasmiy dilerlarining ixtisoslashtirilgan servis markazlari orqali amalga oshirilishi belgilandi.
Shu maqsadda, «O‘zavtosanoat» AJga 2019-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda «GM Uzbekistan» AJ rasmiy dilerlarini zarur vosita va uskunalar bilan ta’minlash vazifasi yuklanmoqda.
Endilikda bozorlar, savdo majmualari va boshqa ob’yektlar hududlaridagi to‘xtab turish joylari umumiy maydonining kamida 5 foizi (kamida 2 ta joy) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turishi uchun ajratiladi.
To‘xtab turish joylaridan uzoq va noqulay joyda joylashgan ob’yektlari atrofida nogironligi bo‘lgan shaxslarga tegishli avtotransport vositalari uchun vaqtinchalik to‘xtab turish joylari tashkil etiladi va to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun nogironligi bo‘lgan shaxslar va 16 yoshgacha nogiron bolasi bo‘lgan ota-onalardan haq olinmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter