Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘uzorda noma’lum kasallikdan 4 yoshli bola vafot etdi

G‘uzorda noma’lum kasallikdan 4 yoshli bola vafot etdi

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi shifokorlar 4 yoshli bemor bolaga tashxis qo‘ya olmagani oqibatida u 20 iyun kuni vafot etgan. Bu haqda marhumning yaqinlari ma’lum qilmoqda.

Eng yomoni, bugun shu oilaning yana bir a’zosi — olti yoshli qizaloq ham og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limida yotibdi. Oila a’zolari qizcha kecha o‘ynab yurganini, hech nima bezovta qilmaganini aytgan. Biroq u qanday dardga yo‘liqqanini viloyat, hatto Samarqanddan chaqirilgan mutaxassislar ham aniq ayta olishmagani bildirilgan.

«Shunday paytda tuman, viloyat oyoqqa turmaydimi?! Respublikadan mutaxassis chaqirtirmaydimi? Yoki kambag‘alning bolasi o‘lib ketaveradimi? Qani Prezident oldida qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, kerak bo‘lsa, kasal bolani ko‘tarib oladiganday turgan sog‘liqni saqlash tizimi mutasaddilari?», deya kuyingan bolalarning yaqin qarindoshi Fazliddin Abilov.

Ushbu holatga Sog‘liqni saqlash vazirligi hozircha biror izoh berganicha yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring